Namoyish bezaklarining vizual qismi, multimedia qurilmalari hamda taqdim etilgan qo‘lyozmalar nusxalari sharofati bilan ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar Abu Rayhon Beruniyning hayoti va ijodi bilan tanishishlari, uning oʻrta asrlar ilm-fani rivojini koʻp jihatdan belgilab bergan va hozirgi kungacha ham oʻz dolzarbliligini yoʻqotmagan sayohatlari, kashfiyot va izlanishlari tafsilotlari haqida bilib olishlari mumkin bo‘ladi. Ko‘rgazmaning tantanali ochilishi dasturida Alibek Kabdurahmonov boshchiligidagi O‘zbekiston milliy simfonik orkestri konserti bo‘lib o‘tib, unda Dmitriy Yanov-Yanovskiy muallifligidagi “Zij – Burjlar Musiqasi” asarining jahon premyerasi taqdim etiladi.