Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatr sahnasida xoreograf Maksim Petrovning zamonaviy talqindagi “Qarsildoq” baleti namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu loyiha O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.

31-dekabrgacha tomoshabinlarga P. I. Chaykovskiyning mumtoz musiqiy asari, zamonaviy xoreografiya hamda sahnaviy yechim uyg‘unlashgan, dunyoga mashhur balet sahnalashtiruvi taqdim etiladi. Musiqiy hamrohlikni Milliy simfonik orkestr ijro etadi.

Chiptalar iTicket.uz'da.