Ekspeditsiya iqlim o‘zgarishi va ekologik chaqiriqlar sharoitida mintaqaning barqaror rivojlanishiga xizmat qiluvchi innovatsion loyiha yechimlarini ishlab chiqish uchun Orol dengizi salohiyatini o‘rganish chaqirig‘iga safarbar qilingan. Ishtirokchilar mintaqa madaniyati, tarixi va atrof-muhitini tadqiq etish orqali kelgusi ilmiy ishlar uchun manbalarga ega bo‘ldilar.

Moddiy madaniyatni tadqiq etishda antropologik yondashuvga asoslanib, izlanuvchilar landshaftni insonlar bilan o‘zaro muloqotda bo‘lgan jonli muhit sifatida ko‘rib chiqdilar. Landshaft nafaqat o‘z-o‘zini anglash va idrokka ta’sir etadi, balki jahon madaniy va tarixiy merosining bir qismi hisoblanadi.

Ekspeditsiyaga “Formafantasma”, “IM A Studio”, “Applied Ingredients” kabi jahon dizayni va san’ati yulduzlari hamda 8 mamlakatdan Andrea Trimarki, Simone Farrezin, Sissel Tolaas, Katya Briskina, Shohruh Rahimov, Manuel Korrea, Ivan Dubkov, Mi Yu, Patrishiya Rid, Rahesh Ram, Yuliya Gromova, Geri Chjesi Chjan singari olim va tadqiqotchilar qo‘shildilar.

“San’at va ilm-fanni uyg‘unlashtirish – bu yo‘l. O‘zgarish – bu maqsad. Agar endilikda biz nima qilishni bilmasak, tadqiqotlarga murojaat etib, hamma narsaga yangi nazar bilan boqishimiz kerak. Qoraqalpogʻiston hududi juda boy va koʻp qatlamli tarixga ega, bu yerda qadimiy tamaddunlarga oid koʻplab arxeologik yodgorliklar mavjud. Biz o‘tmishdan saboq olib, kelajakni yaratish uchun o‘sha saboqlarni qo‘llashimiz kerak”. – Sissel Tolaas, hidlar bo‘yicha tadqiqotchi va rassom.

“Orol dengizi bo‘ylab sayohat bizni ekologik ofatning keskinligi hamda mintaqaning boy madaniy va ijtimoiy tarixi nuqtai nazaridan chuqur ta’sir qildi. 1–3-avgust kunlari Nukus shahrida boʻlib oʻtadigan yozuvchilik laboratoriyasida biz Orol dengizining ekologik oʻzgarishiga ro‘baro‘ bo‘lgan mintaqa ishtirokchilarining ishonch tuyg‘ularini parvarishlaymiz”.  – Mi Yu, documenta Institut” kuratori.

“Tabiat go‘zalligi qo‘ynida bo‘lish meni ijodga ilhomlantirdi. Orol dengiziga sayohat chog‘ida atrof-muhitga inson ta’sirining halokatli asoratlariga guvoh bo‘ldim. Bo‘lg‘usi ijodiy qurilmam orqali men ushbu fojiadan jabr koʻrgan odamlar va yovvoyi tabiatning bardosh-matonatini eʼtirof etish va jamoatchilik xabardorligini oshirishga umid qilaman”. –  Shohrux Rahimov, kulolchilik ustasi

Dala tadqiqotlari davomida olingan bilim va tajriba hududni barqaror rivojlantirish bo‘yicha yangi yondashuvlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi hamda dizayn, me’morchilik va san’at yo‘nalishidagi yangi loyihalar uchun ilhom manbai bo‘ladi.

Ushbu izlanishlar 2023-yil oktabrda bo ‘lib o‘tadigan Orolbo‘yi mintaqasini madaniyat, san’at va dizayn orqali qayta tiklash va o‘zgartirishga intilish maqsad qilingan Orol madaniyat sammiti arafasida olib borilmoqda.

Orol madaniyat sammitining xalqaro hamkorlari: Documenta Institut (Germaniya), TBA21 (Avstriya/Italiya), dieDAS (Germaniya), Nieuwe Institut (Niderlandiya), Institute for Postnatural Studies (Ispaniya).

Ishtirokchilar: Christ&Gantenbein (Shveysariya), IM A STUDIO (Buyuk Britaniya), Applied Ingredients (Qatar/Rossiya), Formafantasma (Niderlandiya/Italiya), Marina Otero (Niderlandiya/Ispaniya), Manuel Korrea (Buyuk Britaniya/Ispaniya) va Sissel Tolaas (Norvegiya/Germaniya).

Ta’lim dasturi bo‘yicha hamkorlar: Eyndxoven dizayn akademiyasi, Delft texnologiya universiteti, ETH Zurich, Arxitektura uyushmasi.

Mintaqaning tiklanishida ishtirok etayotgan xalqaro tashkilotlar: BMT Taraqqiyot dasturi, Green Growth va GIZ.