Poygada 20 ga yaqin mamlakatdan chamasi 2 mingdan ortiq sportchi ishtirok etdi.

“ZAAMIN ULTRA 2023”ning yugurish yo‘lagi Zomin milliy tabiat bog‘i hududidan o‘tib, u 50K, 21K, 10K va 2K’dan iborat 4 ta masofadan iborat bo‘ldi.

50K masofasi bo‘yicha erkaklar o‘rtasida Artur Shaipov 5:00:49 natijasi bilan, ayollar o‘rtasida Shirin Yusupova 6:39:23 hisobi bilan g‘olib bo‘ldi.

21K masofasi bo‘yicha erkaklar o‘rtasida Nurziyot Bekaliyev 1:36:51 natijasi bilan, ayollar o‘rtasida Alesya Abramova 2:16:52 hisobi bilan zafar quchdi.

10K masofasi bo‘yicha erkaklar o‘rtasida Akmal Ochilqulov 0:43:36 natijasi bilan, ayollar o‘rtasida Aleksandra Cherkas 0:52:45 hisobida g‘olib bo‘ldi.

2K masofasi bo‘yicha erkaklar o‘rtasida Abdulloh Samatov 0:10:38 natijasi bilan, ayollar o‘rtasida Kira Mironenko 0:12:08 zafar quchdi.

Marrada “ZAAMIN ULTRA 2023” ishtirokchilariga medallar topshirildi. Bu yil medallar dizayni sun’iy idrok yordamida ishlab chiqildi.

Medal dumaloq shaklga ega. Undagi tashqi burama chiziqlar har bir yuguruvchi ko‘p soatlik mashg‘ulotlarda yengib o‘tadigan yo‘lning bepoyonligini anglatadi. Esdalik belgisining aylanuvchi o‘zagi doimiy harakat ramzidir.

Esdalik nishonining markaziy unsuri tog‘ cho‘qqisi hisoblanib, u ultramarafon o‘tkaziladigan joy – Zomin milliy bog‘ini gavdalantiradi hamda murakkab manzarali yo‘laklarni yodga soladi. Balandlik jismoniy sarhadlar, ichki to‘siqlarni mardonavor yengib o‘tish hamda bo‘lg‘usi ruhiy evrilishlarni anglatadi.

Undan ham chuqur tagma’no – bu jamiyatdagi salmoqli o‘zgarishlar hamdir. Poygada ishtirok etish har bir sportchining O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi xayriya inklyuziv loyihalarga qo‘shgan hissasi hisoblanadi.

Shunday qilib, mazkur medal hamjihatlik, ichki kuch va yuksak ezgu maqsadlar sari intilish ramzidir.

O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasida ta’kidlanganidek, “Biz eng muhimi mushtarak maqsad yo‘lida minglab kishilarni birlashtirish, hammaga matonat orqali yaxshiroq va kuchliroq bo‘lish imkoniyatini berishga muvaffaq bo‘ldik. Ultramarafonga kelgan xorijlik sportchilarga kishilarimiz, tabiatimiz, madaniy an’analarimizdan iborat g‘aroyib O‘zbekistonni ko‘rsata oldik. Biz barchani Buxoro, Bo‘stonliq tumani, Samarqanddagi navbatdagi poygalarga taklif etaman. Bizning tadbirlarimiz yugurishdan ko‘ra ancha keng mazmun kasb etadi, ular dunyoni umumiy farovonlik manfaatlari yo‘lida ijobiy tarafga o‘zgartirishdir.

17-iyun kuni poyga arafasida “ZAAMIN ULTRA” ultramarafon mehmonlari va ishtirokchilari uchun elektron musiqa konserti uyushtirildi. Ochiq sahna maydonida minglab odamlar qarshisida QARAQOOM loyihasi, Yõldosh va DJ Smirnov ijro etdilar.

Tashkilotchi: O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi.

Musobaqaning bosh hamkorlari: Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi.

Texnik hamkorlar:

Beeline, SamAuto, Amudario, O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati.

Axborot hamkorlari:

Afisha.uz, UTA Media, WE Media