Quvonchli xabar bilan o‘rtoqlashmoqchiman: Osaka shahrida tashkil etilgan EXPO butunjahon ko‘rgazmasida O‘zbekiston paviloni o‘z yo‘nalishi bo‘yicha oliy mukofotga — “Mavzuning eng yaxshi ochib berilishi” nominatsiyasida oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Biz taqdim etgan “Bilimlar bog‘i: kelajakdagi jamiyat uchun laboratoriya” konsepsiyasida an’analar va innovatsiyalar uyg‘unligi o‘z aksini topgan. G‘oyamiz jahon hamjamiyatida keng ko‘lamli aks-sado berdi.

Barchani ruhlantirgan professionallik va ushbu loyihaga bo‘lgan ishonch uchun butun jamoaga, shuningdek, xalqaro hamkorlarimizga samimiy minnatdorlik bildiraman.