10 iyul kuni YUNESKO qarorgohi Parijda XX asr me’morchiligiga bag‘ishlangan sho‘ba muhokamasi doirasida “Tashkent Modernism XX/XXI” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.Kitob O‘zbekiston me’moriy modernizmini tadqiq etish va saqlab qolish maqsadida 2017-yilda tashabbus qilinib boshlangan “Tashkent Modernism XX/XXI” loyihasi doirasida tayyorlangan. Nashr “Lars Müller” xalqaro nashriyoti bilan hamkorlikda chop etilgan bo‘lib, unga Toshkent modernizmining 24 ta obyekti, ilmiy maqolalar va Armin Linke tasvirga tushirgan fotosuratlar kiritilgan. Shuningdek, loyiha doirasida O‘zbekiston tomonidan “Toshkent modernizmi” nomzodi YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga rasmiy ravishda taqdim etildi.Tadbirda Politecnico di Milano va GRACE Studio vakillari, shuningdek YUNESKO Umumjahon merosi markazining sobiq direktori Franchesko Bandarin ishtirok etdi.