Buxoro Biyennalesi kuratorlik maktabi uchun ochiq tanlov!
O‘zbekiston Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi va Delfina Foundation 30 yoshgacha bo‘lgan yangi avlod kuratorlarini ilk Buxoro biyennalesi doirasida tashkil etilayotgan Kuratorlik maktabida ishtirok etishga chorlaydi.
6 nafar ishtirokchi - O‘zbekistondan uch nafar va Osiyoning boshqa mamlakatlaridan uch nafar ishtirokchi uchun dastur Buxoroda (2025-yil sentyabr-noyabr) to‘rtta yuzma-yuz sessiya va 2026-yil bahorida xalqaro ko‘rgazmani o‘z ichiga oladi.
Ishtirokchilarni ma’ruzalar, yetakchi kuratorlardan maslahatlar, ko‘rgazmani tayyorlash tajribasi, shuningdek, to‘liq tashkiliy yordam, yashash joyi va gonorar kutmoqda. Darslar ingliz tilida olib boriladi.
Arizalarni topshirish muddati: 2025-yil 19-avgust, 23:59.
Ariza topshirish quyidagi havola orqali amalga oshiriladi.
Ariza topshirishdan oldin qo'llanma bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.