Menyu

Ta’lim

Ta’lim

Dasturning asosiy maqsadlari qilib quyidagilar belgilangan:

  • Madaniyat va san’at sohasida yetakchi horijiy ta’lim muassalari bilan birgalikda loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • Horijiy ta’lim muassasali bilan birgalikda talabalar va mutaxassislar almashinuviga qaratilgan loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • O’zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligining tizimida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash qoidalari asosida grantlarni yaratish;
  • O’zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi tizimidagi muassasalariga zaruriy adabiyotlarini va davriy nashrlarini taqdim etish.
 

1. Jamgʻarma mamlakatdagi universitetlarda oʻqish uchun grant dasturining boshlanganini eʼlon qiladi.

Ikki yildirki O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy oʻquv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar uchun grant dasturini amalga oshirmoqda. Dastur tanlov asosida oʻtkaziladi, undan soʻng tanlov gʻoliblari oʻzlarining tanlangan Oliy oʻquv yurtlarida oʻqish uchun grant sohibi boʻladilar.

Joriy yilda oʻzgarishlar amalga kiritildi. Bunga binoan, hozirgi dasturda talabalar Oʻzbekiston Madaniyat Vazirligiga boʻysinuvchi taʼlim muassasalari roʻyxatiga kiritilmagan universitetlardan ham bu dasturda ishtirok etish uchun ariza berishlari mumkin.

Shuningdek, talabalar bakalavriyat, hamda magistraturada ta'lim olish uchun grant to‘lovini qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Dasturning shartlariga muvofiq, quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha talabalar ishtirok etishlari mumkin:

Madaniyat va sanʼat sohasida menejment

  • Qayta tiklash va saqlash
  • Arxitektura
  • Madaniy sayyohlik
  • Grafik dizayni
  • Tasviriy sanʼat
  • Muzeyshunoslik

Saralash bosqichlari

Tanlov ikki bosqichda oʻtkaziladi:

- Birinchi bosqichda talabalar grant dasturiga saralashda ishtirok etish uchun 2019-yil 15-sentyabrgacha murojaat qilishlari kerak. Buni elektron manzil orqali amalga oshirish mumkin. Tegishli hujjatlarni toʻldirish va taqdim etishning barcha bandlari albatta bajarilishlari shart. Tanlovda ishtirok etish uchun shaxsiy arizani Jamgʻarma tomonidan tasdiqlangan Ariza (oʻzbek tilida) yoki Заявление (rus tilida) shakli namunasini quyidagi ilovalar orqali izlab topishingiz mumkin.

- Birinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar tanlovning ikkinchi bosqichida 2019-yil 24-sentyabrda Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi binosida boʻlib oʻtadigan yuzma yuz suhbatiga taklif qilinadi.

Nomzodni saralash meʼzonlari:

  • ilmiy faoliyat;
  • ilmiy-tadqiqot ishlari;
  • mumiy taʼlim;
  • analitik koʻnikmalar;
  • tashkiliy koʻnikmalar;
  • rivojlanish maqsadi;
  • ijtimoiy faoliyat;
  • tanlangan mutaxassislikning ahamiyati va afzalliklari va uning mamlakatda madaniyat va sanʼat sohasini rivojlantirishdagi oʻrnini anglashi.

Nomzodlar uchun umumiy shartlar:

  • Tanlovda ishtirok etayotgan ishtirokchi xujjatlarni topshirish davrida Oʻzbekiston Universitetining talabasi boʻlishi kerak;
  • Birinchi kurs bakalavriyat talabalari tanlovda qatnasha olmaydi;
  • Talabalar bir vaqtning oʻzida bir nechta grant dasturlarida gʻolib boʻla olmaydi;
  • Dasturning maʼmuriyati, agar nomzod koʻrsatilgan hujjatlarda notoʻgʻri maʼlumot mavjud boʻlsa, tanlovning istalgan bosqichida shartnomani bekor qilish huquqini oʻzida saqlab qoladi;
  • Universitenida bir yil oʻqishi uchin toʻlanadigan grant dasturining gʻoliblari dasturda takroran ishtirok eta olmaydi;
  • Grant yutib olgan shaxslar tegishli darajani (bakalavr / magistr) qoʻlga kiritganidan soʻng uch oy davomida Fond stipendial(stipendiyaga oid) komissiyaning qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi nazorati ostida madaniyat va sanʼat muassasalarining ustuvor yoʻnalishlarida ishlaydi. Ish staji: kamida bir yil.

Musobaqaning umumiy jadvali:

  • Arizalarni qabul qilish: 2019-yil 15-sentyabrgacha
  • Sirtqi bosqichning talabnomalarini tekshirish: 2019-yil 18-sentyabrgacha
  • Sirtqi bosqichning natijalarni eʼlon qilish: 2019-yil 20-sentyabr
  • Yuzma yuz suxbatidan iborat boʻlgan bosqich: 2019-yil 24-sentyabr
  • Tanlovning yakuniy natijalarini belgilash 2019-yil 26-sentyabr
  • Tanlov gʻoliblarni eʼlon qilish: 2019-yil 27-sentyabr.

Tanlov gʻoliblari uchun grafik:

  • Gʻoliblar bilan shartnoma tuzish: tanlov natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab 10 ish kuni ichida;
  • Stipendiyalarini toʻlash: 2019-yil sentyabr oyi oxirigacha. Grant summasi qabul qiluvchi Universitetning hisob raqamiga oʻtkaziladi;

Grant dasturining gʻoliblari oʻz bilimlarini va qobiliyatlarini boshqalarga oʻrgata oladigan, yangi gʻoyalar yaratadigan, ularni amalga oshirish va ish natijalari uchun shaxsiy masʼuliyatni oʻz zimmasiga oladigan ijodkor insonlar, shuningdek, hamfikr boʻlgan odamlar guruhini toʻpla oladigan va umumiy maqsadga erishishga unday oladigan shaxslar boʻlishlari kerak.

Grant dasturining gʻoliblari, yillik shartnomada belgilangan toʻlov miqdori boʻyicha 2019-2020 oʻquv yili uchun toʻlanadi. 2019-yil sentyabr oyining oxirigacha bu toʻlov amalga oshiriladi.

2. Jamgʻarma xorijiy oliy oʻquv yurtlarida grant olish uchun yangi ochiq tanlov eʼlon qiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish Jamgʻarmasi chet el oliy oʻquv yurtlarida grant asoosida oʻqish uchun ochiq tanlov eʼlon qildi.

2019-yilda talabalar chet el oliy oʻquv yurtlarida magistrlik dasturida oʻqish uchin grant yutib olish kabi ajoyib imkoniyatga ega.

Nomzodlarni tanlashda quyidagi yoʻnalishlar ustuvor (birinchi oʻrinda) turadi:

  • Madaniyat va sanʼat sohasida menejment
  • Qayta tiklash va saqlash
  • Arxitektura
  • Madaniy sayyohlik
  • Grafik dizayni
  • Tasviriysanʼat
  • Muzeyshunoslik

Saralash bosqichlari

Tanlov ikki bosqichda oʻtkaziladi:

- Birinchi bosqichda talabalar grant dasturiga saralashda ishtirok etish uchun https://forms.gle/yJU1bMC4mMN3k91m6 elektron manzilda koʻrsatilgan zayavkani(talabnomani) toʻldirish kerak boʻladi.

Talabnomani topshirish uchun ohirgi muddat 2019-yil 15-sentyabr. Nomzodlar zayavkaga (talabnomaga) quyidagi xujjatlarni qoʻshib yuborishlari kerak boʻladi:

  1. istalgan mamlakat Universitetidan oʻqishga qabul qilinganlik haqida maʼlumotnoma (oʻqish uchun toʻlov-shartnoma summasi koʻrsatilsin);
  2. pasport nusxasi;
  3. rus yoki oʻzbek tilida maqsadlar xaqidagi ariza (dalillar va asoslar xati). Ush bu xujjat quyidagi talablarga javob beradigan shaklda rasmiylantirilishi kerak: Times New Roman shriftida, 12 oʻlchamida, 1.5 intervalda (400ta soʻzdan ortiq boʻlmasligi lozim);
  4. Jamgʻarma belgilangan namunaga asoslangan shaxsiy ariza;
  5. oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom va ilovaning nusxasi;
  6. rezyume.

Qoʻshimcha xujjatlar (agar mavjud boʻlsa)

  1. xorijiy tilni egalllaganlik toʻgʻrisidagi sertifikatlar;
  2. oʻqituvchi va ish beruvchilarning tavsiya xatlari;
  3. ilmiy nashrlarning nusxalari.

Daturda ishtirok etish uchun xujjatlarni https://forms.gle/kKp23NCfuK9fhmvi8 elektron manzil orqali yuborish mumkin.

Dasturning ikkinchi bosqichi - 2019-yil 19-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining binosida oʻtkaziladigan yuzma yuz suhbatdir. Manzil: Toshkent sh. Taras Shevchenko, 1.

Grantlar tanlov tadbiri OʻR Madaniyat Vazirligi qoshidagi madaniyat va sanʼatni rivojlantirish Jamgʻarmasining reglamentidagi Stipendial dasturining tarkibiy qismidir.

Dasturda taʼlim olish granti quyidagi xarajatlarni qoplaydi:

  • Shartnomaning umumiy qiymati;
  • Yotoqxonada yashash va sutkalik;
  • Bir akademik yilda 2ta aviatsion uchishlar;
  • Tibbiy sugʻurta (minimal tarif boʻyicha).

Baholashmezonlari:

  • Ilmiyfaoliyat;
  • Ilmiy-tadqiqot ishlar;
  • Analitik qobiliyatlar;
  • Tashkiliy qobiliyatlar;
  • Rivojlanish maqsadi;
  • Ijtimoiy faollik;
  • Tanlangan sohaning ahamiyati va afzalliklari va uning madaniyat va saʼnat sohasini rivojlantirishdagi oʻrnini anglash.

Musobaqaning umumiy jadvali:

  • Talabnomalarni(zayavkalarni) Jamgʻarmaning saytida qabul qilish muddati: 2019-yil 15-sentyabrgacha
  • Birinchi bosqichni talabnomalarining ekspertizasi (tekshiruv jarayeni): 2019-yil 18-sentyabrgacha
  • Birinchi bosqichning natijalarini eʼlon qilish: 2019-yil 18-sentyabrgacha
  • Jamgʻarmaning komissiyasi bilan yuzma yuz suxbat: 2019-yil 19-sentyabr
  • Tanlovning natijalarini aniqlash: 2019-yil 20-sentyabrgacha
  • Gʻoliblarni eʼlon qilish: 2019-yil 23-sentyabrdan kech emas.

Tanlov gʻoliblari uchun grafik:

  • Gʻoliblar bilan shartnoma tuzish: tanlov natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab 10 ish kuni ichida;
  • Stipendiyalarini toʻlash: 2019-yil oktyabr oyi oxirigacha.

Grant dasturida ishtirok etish shartlari:

  • Raqobatchilar bir vaqtning oʻzida bir nechta stipendiya dasturlari boʻyicha gʻolib boʻlishi mumkin emas;
  • Tanlovda 30 yoshdan katta boʻlmagan nomzodlar ishtirok etishlari mumkin;
  • Jamgʻarma akademik intizom buzilgan, olayotgan taʼlimni oʻzlashtirish pasaygan, uzrsiz uzluksiz davomatni buzish, ichki qoidalar va oliy oʻquv yurtining qoidalariga rioya qilmaslik, yotoqxonada yashash (agar talaba yotoqxonada yashasa) qoidalarini buzish hollarida, hamda tabiiy ofatlarda (zilzilalar, boʻronlar, qurgʻoqchilik va boshq.) yokiijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlarda (urush holati, blokada, davlat manfaatlaridagi import va eksportni toʻxtatilishi, va ho kazo) taʼlim grantini toʻlashni toʻxtatish huquqini oʻzida saqlab qoladi. Toʻlovni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish Jamgʻarmasi tanlov komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi;
  • Grant summasi qabul qiluvchi tashkilotning hisob raqamiga oʻtkaziladi;
  • Magistrlik dasturga kirgan xolatda talabalarni, Jamgʻarma yozgi taʼtil vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi tashkilotlari va muassasalarida amaliyot oʻtish uchun tayinlash huquqini oʻzida saqlab qoladi;
  • Grant yutib olgan shaxslar tegishli litsenziya (magistr) olganidan soʻng uch oy davomida Fond stipendial(stipendiyaga oid) komissiyaning qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi nazorati ostida madaniyat va sanʼat muassasalarining ustuvor yoʻnalishlarida ishlaydi. Ish staji: kamida uch yil.
  • Oʻquv davri mobaynida talabalar shaxsiy xavfsizligi uchun Jamgʻarma javobgar emas;
  • Fond yozgi taʼtil vaqtida talabaning xarajatlarini (turarjoyi, ovqatlanishi, ichki transport) qoplamaydi;
  • Oʻquv jarayoni vaqtida favkulodli vaziyatlar, sogʻliq bilan bogʻliq sharoitlar va boshqa sabablarga koʻra rejadan tashqari talaba Oʻzbekistonga qaytib kelishi kerak boʻlsa, havo safariga (aviatsion uchishga) chiqish uchun barcha moliyaviy xarajatlar grant sohibining boʻyniga qoʻyiladi.

Grant dasturining gʻoliblari oʻz bilimlarini va qobiliyatlarini boshqalarga oʻrgata oladigan, yangi gʻoyalar yaratadigan, ularni amalga oshirish va ish-natijalari uchun shaxsiy masʼuliyatni oʻz zimmasiga oladigan ijodkor kishilar, shuningdek, hamfikr boʻlgan odamlar guruhini toʻplay oladigan va umumiy maqsadga erishishga unday oladigan shaxslar boʻlishlari kerak.