14–15-iyun kunlari beshinchi marta ZAAMIN ULTRA xalqaro ultramarafoni bo‘lib o‘tdi
2025-yil 16-iyun, Toshkent – 2025-yil 14–15-iyun kunlari “Zomin” milliy tabiat bog‘ida beshinchi marotaba ZAAMIN ULTRA xalqaro ultramarafoni o‘tkazildi. 2 kun ichida tadbir 17 mamlakatdan 3,500 dan ortiq ishtirokchi va mehmonlarni jamladi: AQSH, Belarus, Buyuk Britaniya, Chexiya, Fransiya, Isroil, Niderlandiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Shveytsariya, Tojikiston, Turkiya, Ukraina, Xitoy va O‘zbekiston.
80 nafar sportchi dunyodagi eng baland tog‘ yugurish yo‘laklaridan biri bo‘lgan 50K ultramarafon masofasiga malakalangan yo‘llanmani qo‘lga kiritganini tasdiqladi. Bu 2024-yilga nisbatan 52 kishiga ko‘pdir.
Yangi 5K masofaga 1000 dan ortiq ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tdi. Yangi poyganing paydo bo‘lishiga beshinchi yubiley yili sanasi sabab bo‘ldi – ko‘plab ishtirokchilar allaqachon 2K masofani bosib o‘tishgan, ammo hali tog‘larda 10K masofaga yugurishga tayyor emaslar.
ZAAMIN ULTRA 2025 g‘oliblarining to‘liq ism va familiyalari havola orqali mavjud: https://live.myrace.info/?f=bases/kz/2025/zaamin2025/zaamin2025.clax
ZAAMIN ULTRAda ilk bor bolalar poygalari musobaqalari o‘tkazildi. Tadbirning birinchi kunida jajji sportchilar uchun 60, 300, 600 va 1000 metrlik masofalar mavjud bo‘ldi. Har bir bola ishtirok etgani uchun o‘z medali va tashkilotchilarning sovg‘asining sohibi bo‘lishdi.
“ZAAMIN ULTRA xalqaro sport tadbirlarini tashkil etish va inklyuzivlikni qamrab olish bo‘yicha zamonaviy talablarga mos standartlarda o‘z mavqeini ishonchli tarzda mustahkamlab kelmoqda. “Zomin” milliy tabiat bog‘idagi ultramarafon 17 mamlakatdan kelgan ishtirokchilar uchun jozibador nuqtaga aylanganidan va sport, madaniyat va barqaror amaliyotlarni birlashtiruvchi platforma sifatida rivojlanishda davom etayotganidan mamnunmiz. Biz bunday keng ko‘lamli tadbirlar orqali madaniy muhitni targ‘ib etish va rivojlantirishga hissa qo‘shadigan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz”, – Gayane Umerova, O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi.
ZAAMIN ULTRA “Samarkand Marathon” yugurish musobaqalari turkumiga kiradi, u 2025-yildan boshlab “SheRACES” uyushmasi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan. Asosiy vazifa – sport tadbirlarida, ayniqsa, uzoq masofalarga yugurishda teng huquq va inklyuziya yaratish uchun shart-sharoitlarni ta’minlash. 50K masofaga ro‘yxatdan o‘tgan 80 nafar sportchidan 8 nafari xotin-qizlardir. Bu shubhasiz, o‘tgan yillarga nisbatan yaxshi o‘sish ko‘rsatkichi. Birinchi ZAAMIN ULTRA musobaqasida yagona ishtirokchi, O‘zbekistonning birinchi ayol ultramarafonchisi bo‘lgan edi. Keyingi yillarda ayol ishtirokchilarning maksimal soni 4 nafarni tashkil etdi.
“SheRACES” uyushmasining yo‘riqnomalari tashkilotchilar tomonidan diqqat bilan kuzatib borilmoqda, ZAAMIN ULTRA’da ilk bor maxsus ayollar futbolkalari paydo bo‘ldi.
“ZAAMIN ULTRA beshinchi marta o‘tkazilmoqda, bu biz uchun muhim bosqich bo‘lib, ishtirokchilarimizga yangi masofalar, bolalar poygalari, “SheRACES” akkreditatsiyasi, ekologik dasturni kengaytirish imkonini berdi. “Zomin” milliy tabiat bog‘iga 3,5 mingdan ortiq kishi tabiat kuchini, o‘zining, jamoaning kuchini his etish va hamfikrlar safida bo‘lish uchun tashrif buyurdilar. Bu yil biz bilan bo‘lgan barchaga tashakkur, siz bilan birga o‘sishda davom etamiz”, – Mirxon Sagitov, O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining Maxsus loyihalar guruhi menejeri, “Samarkand Marathon” yugurish musobaqalari turkumi muvofiqlashtiruvchi rahbari.
“Samarkand Marathon” turkum yugurish musobaqalarining “Avvalgidan tozaroq” ekologik tashabbusiga alohida e’tibor qaratildi. 14-iyunda an’anaviy plogging (yugurish barobarida chiqindilarni to‘plash) tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu yugurish turi bepul bo‘lib, o‘tkaziladigan joyning o‘zida ro‘yxatdan o‘tiladi. Keng ko‘lamli sport tadbiri o‘tkazilgandan so‘ng chiqindilar yig‘ilib, qayta ishlashga yuborildi. Tashkilotchilar ishtirokchilarni tadbirda plastik miqdorini kamaytirish uchun o‘zlari bilan termokrujka va termoslarni olib yurishga chaqirdilar, shuningdek, 50K va 21K masofalari ishtirokchilari uchun start to‘plamida tamaddi shoxobchalarida foydalanish uchun silikon stakanlar taqdim etildi. Ushbu ezgu qadamlarning barchasi ultramarafon o‘tkaziladigan joyni avvalgiga qaraganda toza saqlash imkonini beradi.
Birinchi kun ochiq osmon ostidagi elektron musiqa konserti bilan yakunlandi. Unda DJ ITNI, DJ ISL va Doppi Twin dueti ishtirok etdi. “Zomin” milliy tabiat bog‘i tog‘ yon bag‘rining hayratlanarli muhiti qorong‘i tushishi bilan yanada o‘zgacha tarovot kasb etdi va ultramarafonning minglab ishtirokchilari va mehmonlariga eng yorqin his-tuyg‘ularni taqdim etdi.
ZAAMIN ULTRA ultramarafoni ishtirokchilari va mehmonlari ixtiyorida quyidagi qulayliklar ham yaratildi:
● Chodirgoh;
● “Zomin” milliy tabiat bog‘iga panoramali ko‘rinishga ega havo sharida ko‘tarilish;
● Turli xil nonushtalar, issiq taomlar, qahva va pishiriqlar bilan jihozlangan tamaddi shoxobchalari hududi.
Tashkilotchi:
O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi
Samarkand Marathon 2025 yugurish musobaqalari turkumining bosh hamkorlari:
● Xalq Banki – 150 yildan ortiq tarixga ega O‘zbekistonning birinchi banki
● xazna – moliyani boshqarish va davlat xizmatlaridan foydalanish mobil ilovasi
ZAAMIN ULTRA bosh hamkorlari:
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi
“Samarkand Marathon” turkumi haqida:
2019-yilda boshlangan xalqaro xayriya turkum, jumladan: “Sky Camp Bo‘stonliq”, “ZAAMIN ULTRA”, “Bukhara Night Race”, “Samarkand Marathon” musobaqalaridan iborat. Maqsad – madaniyat muassasalarida inklyuziyaga erishish.
events.samarkandmarathon.uz
O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi haqida:
Jamg‘arma madaniy merosni asrab-avaylash, ijodiy iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadi, keng ko‘lamli madaniy tadbirlarni, shu jumladan, IV Butunjahon kreativ iqtisodiyot konferensiyasini tashkil etib, qator xalqaro ko‘rgazmalarni uyushtirib keladi.
acdf.uz
“Samarkand Marathon” turkumiga mansub navbatdagi musobaqalar:
● 13-sentabr – Bukhara Night Race (ro‘yxatdan o‘tish ochiq)
● 8–9-noyabr – Samarkand Marathon (ro‘yxatdan o‘tish ochiq)