24-sentabr kuni soat 18:00 da O‘zbekiston Davlat konservatoriyasining katta zalida Xalqaro klassik musiqa festivalining uchinchi kuni bo‘lib o‘tadi.

Sahnada ikki yirik pianinochi — jahon miqyosida tan olingan Behzod Abduraimov va XI Van Klibern xalqaro tanlovi g‘olibi Stanislav Yudyenich chiqish qiladi.

Bu kecha musiqasevarlar uchun butun dunyoda e’tirof etilgan ikki san’atkorning noyob duetini tinglash imkoniyatini beradi.

O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi
24-sentabr, 18:00

Chiptalar iticket.uz'da sotuvda.