23-sentabr kuni Toshkentdagi Xalqaro klassik musiqa festivali o‘z dasturini “O‘zbekiston” Xalqaro forumlar saroyida davom ettiradi. Konsert boshlanishi — soat 19:00!
Bu kechada tomoshabinlarni zamonaviy musiqa sahnasining yirik san’atkorlari kutmoqda — “Gremmi” mukofoti sohibi, mashhur pianinochi Mixail Pletnyov hamda betakror mahorat va jozibasi bilan dunyo sahnalarini zabt etgan skripkachi-virtuoz Sergey Krilov.
Ularning san’ati va ilhombaxsh ijrosi festivalning eng yorqin voqealaridan biriga aylanishi, tinglovchilarga esa unutilmas tuyg‘ular va chinakam musiqiy bayram kayfiyatini taqdim etishi shubhasiz.
Chiptalar iticket.uz’da sotuvda.