Nukus shahridagi I.V. Savitskiy nomidagi Davlat san’at muzeyida “O‘zbekiston: sahrodagi avangard” ko‘rgazma loyihasi o‘z ishini davom ettirmoqda.

Rassom Mixail Kurzin O‘zbekistonga birinchi marta 1920-yillar boshlarida sayyoh sifatida keladi. 1924-yilda turmush o‘rtog‘i rassom Yelena Korovay ikkovi Toshkentga ko‘chib kelib, bu yerda Aleksandr Volkov bilan birgalikda dovrug‘i chiqqan “Yangi Sharq ustalari” to‘garagiga asos soladi. Kurzinning mashhur “Mehmonga” asari asr boshidagi ko‘hna shahar sharq manzarasini aks ettiradi — devdek aravakash jazirama ko‘chada yosh bola va paranjili ayollarni qarindoshlari huzuriga olib ketmoqda. Yangi dunyo hali eskisini yengib ulgurmagan — paranji markaziy osiyolik xotin-qizlar qiyofasida hamon ajralmas ustki libosligicha qolgan kezlar.

Ko‘rgazma 2025-yilning dekabriga qadar davom etadi.