Nukus shahridagi I.V. Savitskiy nomidagi Davlat san’at muzeyida “O‘zbekiston: sahrodagi avangard” ko‘rgazma loyihasi o‘z ishini davom ettirmoqda.

Rassom Yuliya Razumovskaya 1925-yilda Moskva Oliy badiiy texnika ustaxonasi o‘quv yurtini tamomlab, Buxoro va Samarqanddagi me’moriy yodgorliklarning restavratsiyasi bo‘yicha ekspeditsiyada qatnashadi. Shu tariqa musavvirning post-avangard uslublarida Sharqning tarovatli qiyofalari — ranglar, chiziqlar va uning fe’l-atvori yaqqol namoyon bo‘la boshlaydi. Moskvaga qaytib borgach ham, Yuliya Buxoro va Samarqand sarguzashtlaridan ilhomlangan mavzularda to keksalik davriga qadar tinimsiz ijod qilishda davom etadi.

“O‘zbekiston: sahrodagi avangard” ko‘rgazmasi 2025-yil dekabrgacha san’at shinavandalariga muntazir.