O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Tashkent City Mall ko‘magida tashkil etilgan “Van Gog bo‘lmoq” nomli multimediya ko‘rgazmasiga taklif etadi.
1400 m² maydonga ega bo‘lgan ushbu ko‘rgazma tomoshabinlarni mashhur golland ustasining hayoti bilan tanishtiradi va uning asarlarini noyob immersiv formatda taqdim etadi. Ushbu loyiha orqali mehmonlar Van Gogning uslubiy rivojlanishi, his-tuyg‘ularining teranligi va davrni shakllantirgan badiiy qarashlarini yangi nigoh bilan kashf etadilar.
Ko‘rgazma har kuni soat 10:00 dan 23:00 gacha Tashkent City Mall'ning 2-qavatida tomoshabinlar uchun uch oy davomida ochiq bo‘ladi.
Chiptalar iticket.uz saytida yoki kirish kassasida sotib olinishi mumkin.
