O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi delegatsiyasi yaqinda Xеops piramidasi yonida ochilgan va dunyodagi eng yirik arxeologiya muzeyiga aylangan Buyuk Misr muzeyiga tashrif buyurdi.
500 ming kvadrat metr maydonni egallagan ushbu ulkan maskanda qadimgi Misr merosining noyob to‘plami — jumladan, ilk bor to‘liq tarkibda namoyishga qo‘yilgan Tutanxamon maqbarasidan topilgan bebaho artefaktlar taqdim etilgan.
Delegatsiyaning bu tashrifi jahon miqyosidagi yangi madaniy markaz faoliyati bilan yaqindan tanishish, shuningdek, global merosni asrash va uni taqdim etish borasida tajriba almashish uchun muhim imkoniyat bo‘ldi.
