O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi London shahrida bo‘lib o‘tgan “World Design Congress” minbarida “Orol maktabi” loyihasi yo‘lga qo‘yilayotganligini e’lon qildi. Mazkur ta’lim dasturi Orolbo‘yi mintaqasining ekologik va ijtimoiy tiklanishiga, shuningdek, butun dunyoni tashvishga solayotgan iqlim o‘zgarishi muammolariga bag‘ishlanadi.
Dastur direktori, biomintaqaviy dizayner Yan Boelen tashabbusni taqdim etib, xalqaro miqyosda ishtirokchilarni jalb qilish e’lonini berdi. Dastlabki, tajriba sifatidagi kurs 2026-yil yanvarida boshlanishi belgilangan bo‘lib, “Oziq-ovqat va suv” mavzulariga qaratiladi.
World Design Congress — bu dizaynerlar, me’morlar va turli soha mutaxassislarini birlashtirib, dizaynning jamiyat, madaniyat hamda ekologik masalalardagi o‘rnini muhokama qiluvchi, shu orqali barqaror taraqqiyotning xalqaro kun tartibini shakllantiruvchi yirik maydon hisoblanadi.
Batafsil ma’lumot aralschool.uz veb-saytida.