23-sentabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasida rus xalqining raqs madaniyati xilma-xilligi va boyligini namoyish etuvchi ajoyib tadbir bo‘lib o‘tadi. “Mariy El” davlat raqs ansambli “Rossiya xalqlari raqslari” dasturini taqdim etadi.

Ushbu oqshomda belaruscha raqslarning nazokati, ruscha jo‘shqinlik va bepoyonlik, tatarcha nafislik, marilarga xos o‘zgacha teranlik hamda kazaklar xoreografik an’analarining otashin tabiati o‘zaro uyg'unlashadi.

🎟 Chiptalar iticket.uz’da sotuvda.