Orol madaniyat sammiti Orolbo‘yi mintaqasini san’at, madaniyat, dizayn va ilm-fan orqali ijtimoiy va ekologik jihatdan o‘zgartirishga qaratilgan yangi loyihadir.


O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan tashkillashtirilayotgan ilk sammit 2025-yil 4–6-aprel kunlari Qoraqalpog‘iston poytaxti Nukus shahrida bo‘lib o‘tadi.


Sammit har 18 oyda bir marotaba o‘tkaziladi va Qoraqalpog‘istonning barqaror rivojlanishi uchun ekologik, ijtimoiy va madaniy yechimlarni topish uchun mahalliy va xalqaro faollar, rassom va olimlarni birlashtiradi.