2025-yil 11-may kuni “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi musiqa vaqt, makon hamda tinglovchilar qalbini birlashtirgan maskanga aylandi. Teodor Kurentzis boshchiligidagi “musicAeterna” orkestri haqiqiy kashfiyotlar kechasini taqdim etdi.

Pyotr Chaykovskiyning 5-simfoniyasi va Rihard Shtrausning “Oxirgi to‘rtta qo‘shig‘i” yangradi. Bu ikki buyuk asar bir dasturda jamlanib, unda Chaykovskiyning fojia kuchi Shtrausning falsafiy osoyishtaligi bilan ro‘baro‘ keldi.

Musiqa tomoshabinlarni zamonlar osha ravona qildirib, hayot, taqdir va san’at qudrati haqida mushohadaga cho‘mish muhitini vujudga keltirdi. Kurentzis, har doimgidek, uning har bir notasi chuqur ma’no kasb etadigan chinakam musiqiy mo‘jizani yarata oldi.