Oliy Majlis Senatida parlament yuqori palatasi raisi Tanzila Norboyeva hamda O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerovaning Fransiya Prezidentining maslahatchisi, Madaniy merosni himoya qilish xalqaro alyansi (ALIPH) kengashi raisi Barisa Hiari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Muloqot markazida O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi san’at, madaniyatlararo muloqot, tarixiy va madaniy merosni muhofaza qilish sohasidagi sheriklikni chuqurlashtirish masalalari bo‘ldi.
Unda qo‘shma restavratsiya tashabbuslari, yoshlar va ko‘ngillilarni jalb etish dasturlari hamda mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha loyihalar istiqbollari muhokama qilindi.