22-sentabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasida unutilmas kecha bo‘lib o‘tadi — Erik Sapayev nomidagi Mari davlat akademik opera va balet teatri Sergey Prokofyevning Konstantin Ivanov tomonidan sahnalashtirilgan “Romeo va Julyetta” nomli o‘lmas durdona asarini taqdim etadi.

Ushbu misli yo‘q talqin qat’iy akademik xoreografiya va xalq raqs an’analarini birlashtirib, tillarda doston bo‘lgan muhabbat qissasini butun his-tuyg‘ular teranligi va hayajonli lahzalari orqali yetkazadi.

Yuksak san’atga daxldor bo‘lish va ushbu spektakl in’om etadigan kechinmalar tarovatini his etish uchun tashrif buyuring.
🎟 Chiptalar iticket.uz’da sotuvda.