“Samarkand Marathon” xayriya poygasi turkumi beshinchi marotaba bo‘lib o‘tadi. 2023-yilda tadbir butun dunyodan 5 mingdan ziyod ishtirokchilarni birlashtirishga mo‘ljallangan.

Turli masofalar uchun startlar ikki kun mobaynida o‘tkaziladi:

4-noyabr kuni 4 yosh va undan katta bolalar va 2K masofa uchun shimoliy (skandinavcha) yurish poygalari bo‘lib o‘tadi;

5-noyabr kuni yugurish musobaqalari quyidagi masofalarga bo‘lib o‘tadi: 42,2K marafoni, 21,1K.lik yarim marafon, 10K, 5K va 2K.lik poygalar. Eshitish va ko‘rish qobiliyati cheklangan kishilar uchun 5K masofa ham mavjud bo‘ladi.

2023-yilda 5K.lik masofa ilk bor “Samarkand Marathon” dasturiga kiritildi.

Masofalar yoʻnalishlari Samarqandning tarixiy qismidan oʻtadi. Start va marra Registon maydoni yonida joylashadi. Ishtirokchilar shaharning markaziy ko‘chalari bo‘ylab, tarixiy obidalar yon bag‘ridan yugurib o‘tadilar.

4-noyabr kuni poyganing birinchi kuni yakunlangandan so‘ng musiqiy dastur bo‘lib o‘tadi.

Ishtirokchilarning roʻyxatdan oʻtish toʻlovlaridan tushgan barcha mablagʻlar “Samarkand Marathon”ning bu yilgi xayriya maqsadi – bolalar uchun sport maydonchalarini qurishga yoʻnaltiriladi.

Batafsil ma’lumot, dastur va ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha havola events.samarkandmarathon.uz saytida mavjud.

Tashkilotchi: O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

Poyganing bosh hamkorlari: Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi, VISA, Pepsi

Rasmiy hamkorlar: InfinBank, IMZO, Korzinka, ASU

Texnik hamkorlar: SamAuto, O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati, Amudario, Silk Avia

Axborot hamkorlari: Afisha.uz, MTRK, WeProject.media