“Taqiqlangan shahar” sifatida ham tanilgan Gugun muzeyi Pekindagi imperator saroyida tashkil etilgan Xitoyning eng yirik muzeylaridan biri hamda YUNESKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan ilk xitoy obyekti hisoblanadi. Muzeyning ko‘rgazma maskani umumiy maydoni 600 kvadrat metrli ikki qavatdan iborat bo‘lib, uning saroy me’morchiligi esa o‘zining tarixiy qiyofasini to‘liq saqlab qolgan.

Ko‘rgazma bir necha bo‘limlarga taqsimlangan bo‘lib, Buyuk Ipak yo‘lida istiqomat qilgan xalqlar madaniyati va san’atining turli davrlarini o‘zida mujassam etadi.

Yurtimiz O‘zbekiston Davlat tarix muzeyi va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti sara to‘plamlariga mansub 18 dona eksponat bilan ishtirok etadi. Tadbir mazkur anjumanda qatnashayotgan barcha mamlakatlar uchun ahamiyatga molik voqea bo‘lib, ular o‘rtasidagi madaniy hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishga qaratilgan.

Ko‘rgazma ochilishi arafasida ilmiy katalog chop etiladi.

Shu singari imkoniyat va tashabbuslar sharofati bilan O‘zbekiston o‘zining boy madaniy merosini xalqaro jamoatchilikka munosib ko‘z-ko‘z qila oladi.

O‘zbekiston eksponatlari O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ko‘magida namoyish etilmoqda.

Ko‘rgazma 2024-yil 29-sentabrdan 2024-yilning 5-yanvariga qadar muxlislarga muntazir.