Paria Farzaneh Toshkentda
⠀
Paria Farzaneh xonimni Toshkentdagi Zamonaviy sanʼat markazi Badiiy qarorgohlarining yangi rezidenti sifatida olqishlashdan mamnunmiz. Britaniya va eronlik rassom va modelyer, uning asarlari moda, madaniy hikoyalar talqini va ijtimoiy sharh masalalarini birlashtiradi, kiyim-kechaklarni xotira, qatʼiy mavqe va o‘zlikni anglash makonida qayta tasavvur etadi.
⠀
Angliyada eronliklar oilasida tavallud topgan Paria o‘z ajdodlari merosidan ilhomlanib, ammo oʻz ijod yoʻlini G‘arb taʼlim tizimida asoslaydi. Uning liboslari fors ikonografiyasi, xattotligi va to‘qimachiligini zamonaviy siluetlar bilan uyg‘unlashtirib, madaniyatlar o‘rtasidagi muloqotni yaratadi hamda modani meros va o‘zgarishlar tiliga aylantiradi.
⠀
Garchi u o‘z asarlarini faqat siyosiy deb atashni istamasa-da, Farzaneh G‘arb auditoriyasiga Yaqin va Oʻrta Sharq madaniyatini yetkazish uchun dizayndan foydalanadi. Naqshlar, ranglar va shakllar yordamida u qotib qolgan johil qarashlarga chaqiriqlar tashlashga, hamkorlik ufqlarini kengaytirishga hamda dunyoga go‘zallik tuyg‘usini qayta baxsh etishga intiladi.