Bugun IV Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida “Kreativ iqtisodiyot: madaniy merosdan sarmoyaviy kelajak sari” mavzusida shoʻba uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Bahs-munozarada O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova, Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazi badiiy direktori Sara Raza hamda Buxoro biennalesi badiiy mudiri Diana Kempbell ishtirok etdilar.
Muhokama madaniy infratuzilmani modernizatsiya qilishdan tortib to O‘zbekistonni eng yirik xalqaro platformalarda targ‘ib etishgacha bo‘lgan keng ko‘lamli mavzularni qamrab oldi. Alohida eʼtibor Buxoro biennalesi va YUNESKO Bosh konferensiyasining Samarqanddagi 43-sessiyasi kabi madaniyat, ta’lim va turizmni birlashtiruvchi loyihalarga qaratildi.