Nukus shahridagi I.V.Savitskiy nomidagi Davlat san’at muzeyida davom etayotgan “O‘zbekiston: sahrodagi avangard” ko‘rgazmasi o‘z faoliyatini 2025-yilning dekabriga qadar uzaytiradi.
Turkistonda rassomchilik maktabi XIX asr oxiri — XX asr boshlarida asta-sekinlik bilan vujudga keladi. Bu bosqichda bu yerga rossiyalik mo‘yqalam ustalari Vasiliy Vereshchagin va Rixard-Karl Zommer keladilar. Ular realistik maktab yo‘nalishida faoliyat yuritib, Turkiston turar-joylarining me’moriy xususiyatlari va u yerdagi aholining turmush tarzini etnografik jihatdan qayd etish bilan shug‘ullanadilar. O‘tgan asrning 20–30-yillaridayoq Nikolay Karaxan va Pavel Benkov kabi keyingi avlod musavvirlari haqiqiy tasvir an’anasini davom ettirib, unga avangardning innovatsion yondashuv usullarini kiritadilar.
🖼 Rixard-Karl Zommer, “Shohi Zinda” (XIX asr oxiri – XX asr boshlari); Nikolay Karaxan, “Madrasa ostonasida”; Pavel Benkov, “Minorai Kalon”, 1930-yillar.