“ZAAMIN ULTRA 2023” Zomin milliy tabiat bog‘ida bo‘lib, barcha ishtirokchilar uchun unutilmas taassurotlarni taqdim etadi. Yugurish yo‘lagi dengiz sathidan 2200–2500 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, bu 6 ta Toshkent teleminorasiga teng.

Bu yil marafon ishtirokchilari uchun qator yangiliklar bo‘lishi kutilmoqda.

•       Butun yugurish yo‘lagi bo‘ylab ob-havoni kuzatish uskunlari o‘rnatiladi. Ular tog‘ tizmalarining o‘zgaruvchan ob-havosi: harorati, shamol tezligi, havoning tozaligi, yog‘ingarchilik ehtimoli va boshqa ko‘plab tafsilotlarni o‘sha lahzaning o‘zida eng aniq bashorat qilish va dolzarb ma’lumotlarni olish imkonini beradi. Ushbu imkoniyat “Amudaryo” kompaniyasi bilan hamkorlik sharofati bilan tug‘ilmoqda.

•       Natijalarning jonli yoyinda to‘lqinlarga uzatilishi muxlislarga har bir poygachini kuzatib borish, uning yugurish yo‘lagining qayerida hozir bo‘layotgani, nazorat nuqtalaridan o‘tgan vaqtlari hamda umumiy hisob bo‘yicha egallab turgan o‘rni haqida ayni o‘sha lahzalardagi ma’lumotlarni olish imkonini beradi.

Poyga masofalari

50K – ushbu yo‘lakda ko‘z o‘ngingizda butun tog‘ tizmasi namoyon bo‘lib, Turkiston va Molguzar tog‘ tizmalari nigohingizni qamashtiradi. Yugurish yo‘lagining eng baland nuqtasi dengiz sathidan 2500 metrni tashkil etadi. Balandlikka ko‘tarilish – 1535 metr.

21K – yarim marafonchilar jami 635 metr balandlik tafovuti bilan o‘zlarini 21 km.lik masofada mardonavor sinab ko‘rishlari mumkin. Yugurish yo‘lagida ishtirokchilar barcha uch irmoq – Kattashir, Qizilmozor va Obiko‘l bo‘ylab yuguradilar.

10K – ishtirokchilar Qizilmozor tog‘ soyi va Cho‘rtangi darasi yon-bag‘ri manzarasi namoyon bo‘ladigan kuzatuv maydonchasigacha yugurib boradilar. Marraga yorqin taassurotlar bilan yetib borish uchun balandlikka ko‘tarilishlar oxirgi kilometrlarga olib qo‘yilgan. Balandlikka ko‘tarilish – 370 metr.

2K – ushbu qisqa masofa tog‘ poygalari bilan tanishishni endigina boshlagan havaskor chopqirlar uchun ayni muddaodir. Yugurish yo‘lagi start shaharchasi va Kattashir tog‘ soyining kaftdek ko‘rinishini ochib beradi.

17-iyun poyga arafasida “ZAAMIN ULTRA 2023” ultramarafonining mehmon va ishtirokchilari uchun konsert dasturi namoyish etiladi. Ochiq sahnada minglab tomoshabinlar ko‘z o‘ngida zamonaviy elektron musiqaga nisbatan turfa nuqtai nazarlarni ifodalovchi san’atkorlar xonish qiladilar.

Aksariyat ko‘pchilik QARAQOOM’ni o‘zlari uchun kashf etishlari mumkin. Mazkur loyiha Markaziy Osiyo xalqlariga xos tovush va zamonaviy elektron musiqani organik haus’dan tortib ilg‘or haus va texno’gacha bo‘lgan janrlarda o‘zida mujassam etadi. Guruhga 2020-yilda pandemiya avjiga chiqqan pallada asos solingan bo‘lib, Qoraqum cho‘li shariga atalgan. Shu tariqa ishtirokchilar Markaziy Osiyo iqlimi, ko‘p asrlik tarixi, madaniyati va yerda istiqomat qiluvchi xalqlarning an’analari bilan o‘zaro bog‘liqligini mustahkablab qo‘ygan. Jamoa “Cafe de Anatolia”, “Serum Records” va “Enormous Chills” ovoz yozish studiyalarining ijrochisi hisoblanadi.

“Yõldosh” allaqachon “Samarqand Marathon”, “Bukhara Night Race” va “Zaamin Ultra” ishtirokchilari uchun tanish. O‘z badiiy to‘plamlarida san’atkor indy-dance ohangiga beixtiyor ko‘chib o‘tadigan qadimgi disko va haus’ga alohida hurmat bajo keltiradi. Musiqadagi yo‘lini u 2018-yilda boshlab, hamisha yangi ohanglar sari izlanishda. U o‘zining har bir chiqishi uchun umumiy muhitga hamohang mos keluvchi hamda tomoshabinlar qalbiga jo bo‘ladigan musiqalarni saralab tanlaydi.

DJ Smirnov haus, disko va fank’ni ijro etib, musiqiy treklarida acid, elektro va italo mavjud bo‘lgan Detroyt, Chikago va Nyu-York mumtoz taronalaridan ilhom olgan underground sadolarini afzal ko‘radi.

U 5 yil musiqa sohasida ijod qilib, deyarli bir yildan beri Toshkentda istiqomat qiladi.

Tashkilotchi: O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi.

Poyga bosh hamkorlari: Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi.

Rasmiy hamkorlar:

“Korzinka” supermarketlar tarmog‘i, Вода A’SU

Texnik hamkorlar:

Beeline, SamAuto, Amudario, O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati.

Axborot hamkorlari:

Afisha.uz, UTA Media, WE Media