Dastur san’at va madaniyat sohasiga qiziqadigan Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlari talabalari va bitiruvchilari uchun moʻljallangan. Amaliyot ishtirokchilari O‘zbekiston pavilioni jamoasi tarkibida ishlash va milliy madaniyatni xalqaro maydonda namoyish etishga hissa qo‘shish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Vositachi amaliyotchilarning asosiy vazifalari:
• Tashrif buyuruvchilar bilan bahamjihat hamkorlik;
• Pavilion faoliyatini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlashda ishtirok etish;
• Madaniy vositachilik.

📅 Amaliyot muddatlari: 2024-yilning 15-aprel – 29-iyun / 30-iyun – 12-sentabr / 13-sentabr – 24-noyabr kunlari.

Amaliyot shartlari:
• Haq to‘lanadigan ish
• Safar va turar-joy xarajatlarining qoplanishi
• “Arsenale – La Biennale di Venezia” hududidagi boshqa pavilionlarga bepul kirish

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
• Ingliz tilini bilish
• O‘zbek san’atini tushunish
• Xalqaro muhitda ishlashga tayyorlik.

Ariza berish uchun:
Ingliz tilida qiziqishlar bayon etilgan maktub va tarjimai holni 2024-yil 10-yanvarga qadar education@acdf.uz manziliga yo‘llang.