🔴 O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi FOCUS kinematografiya va teatr san’ati maktabi bilan hamkorlikda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus “OCHIQ QADAM” nomli inklyuziv loyihasini ishga tushirmoqda

LOYIHA QUYIDAGI BOSQICHLARDAN IBORAT:
• Kino sohasida boshlang‘ich tayyorgarlik kursi (10 ta mashg‘ulot);
• Muvaffaqiyatli bitiruvchilarning videoroliklar va qisqa metrajli filmlar yaratishda ishtirok etishi.

• Barcha ma’ruzalar va suratga olish jarayonlarida surdo tarjimon nazarda tutilgan.

• Tayanch-harakat tizimida nuqsoni bo‘lgan va nogironlar aravachasida harakatlanadigan shaxslar uchun transport mavjud

MUVAFFAQIYATLI BITIRUVCHILAR:
• ishtirok to‘g‘risidagi sertifikat,
• o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan taqdirda stipendiya,
• kontent yaratish loyihasida muvaffaqiyatli ishtirok etgan taqdirda qalam haqi puli
• hamda tashkilotchilardan esdalik sovg‘alariga ega bo‘ladilar.

TAFSILOTLAR:
• Ushbu loyiha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallangan;
• Ishtirokchilar yoshi: 18 yoshdan boshlab;
• Asosiy kurs mashg‘ulotlarining davriyligi: haftasiga 2 marotaba;
• Mashg‘ulot davomiyligi: 1,5-2 soat.

• O‘qish barcha ishtirokchilar uchun bepul.

• Joylar soni cheklangan.

ARIZALAR 2026-YILNING 9-YANVARIGACHA QABUL QILINADI.

🔴 ARIZANI QUYIDAGI HAVOLA ORQALI TOPSHIRISH MUMKIN.