Soat 19:30 da tomoshabinlar Polsha Elchixonasi madadi bilan taqdim etilgan polshalik Jah Trio ijrosidan bahramand bo‘lishdi. Ularning zamonaviy jarang va jaz an’analariga hurmat bilan uyg‘unlashuvi maydonda samimiy koʻtarinki kayfiyat va musiqiy sehr muhitini yaratdi.
Shundan so‘ng Shveysariya Elchixonasi tomonidan taklif etilgan shveysariyalik alfa-ray kvarteti chiqish qildi. Jamoa oʻz ijod yoʻli davomida ikkita studiya albomi va har bir akkordida ufurib turuvchi ko‘plab festival chiqishlari boʻlib, bunga tomoshabinlar aslo befarq bo‘lmadilar.
Eslatib o‘tamiz, festival 29-apreldan 13-maygacha davom etadi va barcha tadbirlarga kirish bepulligicha qoladi.