Moskva viloyatidagi “Noviy Iyerusalim” muzeyida 1920–1930-yillardagi sovet, o‘zbek va rus modernizmining kam o‘rganilgan qatlamiga bag‘ishlangan yangi “Olamlar orasidagi nur” nomli xalqaro ko‘rgazma o‘z ishini boshladi.
Rassom Lyudmila Bakulina 1930-yillarda chizmalar va xomaki rasmlarni qoralab Kichik Kavkaz bo‘ylab ko‘p sayohat qilgan. “Batum” asari primitivizmning sodda uslubida ishlangan bo‘lib, unda dengiz bo‘yidagi shaharning behalovat shovqin-suroni yorqin va sho‘x tarzda gavdalantirilgan, bu yerda qirg‘oqlarda kemalar o‘z yuk tashuvchilarini kutib turadi, parovoz tutuni esa subtropik manzara ustida ilonizi kabi mavjlanadi. Shak-shubhasiz iste’dodiga qaramay, Lyudmila Bakulina rangtasvirchilik kasbini tezlikda tark etadi. Uning asarlarining salmoqli qismi I.V. Savitskiy nomidagi Davlat san’at muzeyi sara to‘plamlarida saqlanib kelmoqda.
🖼 L. Bakulina, “Batum”, 1930-yy.