Moskva viloyatidagi “Noviy Iyerusalim” muzeyida “Olamlar o‘rtasidagi nur” nomli yangi xalqaro ko‘rgazma ochildi.

Ko‘p yillardan so‘ng ilk bor ikkita noyob muzey — I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat san’at muzeyi va “Yangi Iyerusalim” muzeyining kolleksiyalari bir ekspozitsiyada birlashdi.

Ko‘rgazma “Yangi Sharq ustalari”dan tortib “Metafizika”gacha bo‘lgan tematik bo‘limlarni, shuningdek, mualliflarning “ovozini eshitishga” imkon beruvchi ovozli installyatsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Ko‘rgazma 2025-yil 8-noyabrgacha tashrif buyuruvchilar uchun ochiq.