Tarixiy Real o‘quv yurti binosida, bugun Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi bosh qarorgohi joylashgan maskanda, bepul Wi-Fi, kichik kutubxona va ochiq dasturga ega kovorking markazi ochilmoqda.
XIX asrda me’morlar Vilgelm Geynselman va Aleksandr Maksimov tomonidan bunyod etilgan bu bino Toshkent xotira qatlamining ajralmas bo‘lagi. Endilikda Jamg‘arma o‘z ofisining bir qismini shahar ahli uchun ochib, uni jamoat maydoniga aylantirmoqda.
Bu yerda yosh mutaxassislar, san’atkorlar, tadqiqotchilar, talabalar va kreativ soha vakillari to‘planib, shaharning qiyofasi va intellektual manzarasini o‘zgartiradigan tashabbuslarni hayotga tatbiq etadi.
Kirish bepul. E’lonlarni kuzatib boring — kelib ishlang, kitob o‘qing va yangi g‘oyalar yarating!