Bishkekda O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerovaning Qirg‘iziston Prezidenti Administratsiyasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari – Tarmoqlar siyosati bo‘limi mudiri Almazbek Primov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar Qirg‘iziston rassomlarining Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazi dasturlari, badiiy qarorgohlar va ta’lim tashabbuslarida ishtirok etishi, shuningdek, 2026-yilda Xivada bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo-Italiya” xalqaro yoshlar anjumaniga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qildilar.

Kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish, qo‘shma arxeologik tadqiqotlar va YUNESKO doirasida moddiy, nomoddiy va tabiiy meros bo‘yicha umumiy nominatsiyalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.