Toshkentda jaz, rok, elektron musiqa va Yaqin Sharq motivlarini mohirona uyg‘unlashtirgan holda janrlar o‘rtasidagi chegaralarni yo‘q qilayotgan Isroilning “Shalosh” triosining mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulot V.A.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabida bo‘lib o‘tdi va jonli musiqa sehriga qo‘l urmoqchi bo‘lgan barcha uchun ochiq bo‘ldi.
2013-yilda tashkil etilganidan beri Shalosh butun dunyo bo‘ylab 350 dan ortiq konsertlar berib, Yaponiya, AQSH, Yevropa va sayyoramizning boshqa burchaklaridagi nufuzli sahnalarda tomoshabinlarni hayratda qoldirib kelmoqda.