Xalqaro jaz festivalining bosh yulduzi - Grammy mukofoti sovrindori, afsonaviy trubachi Kris Botti Toshkentdagi sahnani larzaga keltirdi!
Uning mohirona ijrosi va betakror uslubi tomoshabinlar qalbini zabt etdi. Faoliyati davomida Botti Sting, Areta Franklin, Frenk Sinatra, Ledi Gaga, Stiven Tayler va boshqa ko‘plab afsonalar bilan sahnani birga baham ko‘rgan.
Festival 13-maygacha davom etadi - ushbu musiqa bayramining bir qismi bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. Barcha konsertlarga kirish bepul!