25-26-oktabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasida tomoshabinlar Igor Moiseyev nomidagi afsonaviy akademik xalq raqs ansamblining “Jahon xalqlari raqslari” dasturidan iborat ajoyib chiqishiga guvoh bo‘lishdi!
O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda “San’at, fan va sport” xayriya jamg‘armasi ko‘magida o‘tkazilgan gastrol tomoshabinlarga yorqin taassurotlar, unutilmas ko‘tarinki kayfiyat va yuksak san’at olamiga haqiqiy daxldorlik hissini in’om etdi.
