Ijod parvozi davom etadi: rassom va san’at arboblari uchun yangi tanlov
Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazi mamnuniyat bilan mahalliy va xalqaro rassom va muhofizlar uchun yangi tanlovni e’lon qiladi! Ishtirokchilarni dadil badiiy tajriba-sinovlarga ilhomlantirgan muvaffaqiyatli badiiy qarorgohlardan so‘ng, biz O‘zbekiston madaniyatini tadqiq etish, an’analarni teran anglash hamda betakror asarlarni yaratishga tayyor bo‘lganlar uchun darvozalarni yana ochamiz.
“Namuna” va “Hastimom” tarixiy mahallalarida joylashgan art-rezidensiyalarimiz, shunchaki, ish joyi emas, balki zamonaviy san’atning o‘tmishi va kelajagi jonli muloqotda diydorlashadigan maskanlardir. Og‘a Xon Madaniyat jamg‘armasi va “Studio KO” madadi bilan qayta tiklangan dargohlar ustaxona, turar-joy binolari hamda ijod va hamkorlik uchun ilhombaxsh muhitni taklif etadi.
🗓 Ijodiy istiqomat sanalari: 5-may – 29-iyun
🔗 Arizalar 5-martgacha qabul qilinadi: ariza topshiring: https://ccat.uz/pages/opencall
Davramizga qo‘shiling va Toshkent yuragidagi yangi ijodkorlik mavsumining ishtirokchilariga aylaning!