Buxoro Night Race’ning asosiy poygalari 5, 10 va 21,1 kilometr masofalarda o‘tkazilib, nafaqat turli viloyatlardan, balki chet eldan ham ishtirokchilarni jamladi!

Musobaqaga alohida ruh bag‘ishlagan jihat esa uning birinchi Buxoro biyennalesi bilan hamohang kelgani bo‘ldi. Yugurish yo‘li shahar tarixiy markazidan o‘tib, karvonsaroylar, madrasalar va qadimiy me’moriy yodgorliklar sportchilar qadami bilan uyg‘unlashgan ko‘rgazma maydoniga aylandi. Shu tariqa sport va madaniyat Buxoro ko‘chalarida yagona ohang kasb etdi!