O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova Rim shahridagi Scuderie del Quirinale muzeyiga tashrif buyurib, muzey direktori Matteo Lafrankoni bilan uchrashdi. Tashrif davomida Gayane Umerova muzeyning joriy ko‘rgazmasi hamda unda namoyish etilgan asarlar bilan yaqindan tanishdi.
Uchrashuv davomida hamkorlik istiqbollari va professional aloqalarni mustahkamlash, madaniy almashinuvni kengaytirishga qaratilgan qo‘shma ko‘rgazma loyihalarini rivojlantirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi. Xususan, 2027 yilda Rimdagi Scuderie del Quirinale majmuasida ochilishi rejalashtirilgan Temuriylar davriga bag‘ishlangan ko‘rgazmani tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
