Parijga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerovani “École 42 (https://www.instagram.com/42.born2code/)” maktabi bosh direktori Sofi Viger qabul qildi. École 42 — 2013 yilda Parijda tashkil etilgan, bugungi kunda 31 ta kampusda 24 soat faoliyat yurituvchi, tengdoshlar o‘rtasidagi hamkorlik va loyiha asosida o‘qitish tamoyiliga asoslangan ilg‘or dasturlash maktabidir.

Gayane Umerova Parij kampusida ta'lim olayotgan 5 mingdan ortiq talabalar orasida kiberxavfsizlik yo‘nalishida o‘qiyotgan o‘zbekistonlik Iroda Mirzayeva bilan ham uchrashdi.

Tashrif davomida raqamli iqtisodiyot uchun innovatsion ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.