Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerovaning Strategik tashabbuslar agentligi bosh direktori Svetlana Chupsheva bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar 2025-yil 8-9-oktabr kunlari Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tadigan Xalqaro kreativ iqtisodiyot konferensiyasida O‘zbekiston delegatsiyasining ishtirokini muhokama qildilar.

O‘zbekiston va Rossiya hamkorligining istiqbollari, kreativ parklar, klasterlar hamda YUNESKO misolida shaharlarni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.