O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova boshchiligidagi delegatsiya Parijdagi zamonaviy san’atning yetakchi markazlaridan biri — “Palais de Tokyo”ga tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida xalqaro hamkorlikning yangi yo‘nalishlari, qo‘shma loyihalar hamda zamonaviy o‘zbek san’atini jahon sahnasida ilgari surish istiqbollari muhokama qilindi.

Mazkur tashrif Jamg‘armaning madaniy aloqalarni mustahkamlash va O‘zbekistonni global badiiy jarayonning muhim ishtirokchisi sifatida tanitish yo‘lidagi izchil faoliyatining mantiqiy davomi bo‘lib, ijodiy muloqot va xalqaro hamkorlik uchun yangi ufqlarni ochdi.