Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova hamkorlikning joriy va istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilish uchun BMTning O‘zbekistondagi Doimiy muvofiqlashtiruvchisi Sabina Mahl bilan uchrashdi.

Uchrashuv mobaynida 2021–2025-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi yakunlari va yangi 2025–2030-yillar uchun muloqotlarning yangi davrasi tadbirlarini ishlab chiqish muhokama qilindi. Sabina Mahl xonim muvaffaqiyatli sarhisob natijalarini qayd etib, yaqin sheriklik yanada mustahkamlanishiga umid bildirdi.

Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish, kreativ sanoat tarmoqlarini joriy etish, Ko‘p tomonlama sheriklik trast jamg'armasining faoliyati, shuningdek, 2025-yilgi Orol madaniyat sammitidan keyingi loyihalar, xususan, “Orol maktabi”ni tashkil etish hamda Nukusdagi “Istiqlol” istirohat bog‘ini rekonstruksiya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.