D-r Vivek Gupta Toshkentda
Biz d-r Vivek Guptani Toshkentdagi Zamonaviy sanʼat markazi Badiiy qarorgohlarida qarshi olishdan mamnunmiz. Hindiston subqitʼasi, Markaziy Osiyo va Eron san’ati va me’morchiligi boʻyicha tarixchi va sanʼat muhofizi Vivek oʻtgan o‘rta asrlar bizga yangi kelajakni qurishda qanday yordam berishi mumkinligini tadqiq etadi.
Vivek o‘z izlanishlarida XV asrda sohibqiron Amir Temur hamda uning sulolasidagi hunarmand va ziyolilar jahon geosiyosatining markazida bo‘lgan davrda yuzaga kelgan mintaqalararo madaniy almashinuvlarni oʻrganadi. Zamonaviy sanʼat markazida u Janubiy va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi zamonaviy badiiy aloqalarni kashf etadi.
Vivekning ijodiy ishlari Britaniya akademiyasi, Kembrij universiteti va Smitson institutining ko‘plab nufuzli stipendiyalari bilan qo‘llab-quvvatlangan va uning asarlari san’at tarixi bo‘yicha yetakchi jurnallarda nashr etilgan. Hozirda u Fitsuilyam muzeyidagi boburiylar davri musiqasi va san’atiga bag‘ishlangan ko‘rgazmaga ilmiy rahbarlik qiladi.