Bu yilgi “BUKHARA NIGHT RACE” 26-avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Yugurish yo‘lagi eski shaharning diqqatga sazovor joylari – minorai Kalon, masjid, madrasa, karvonsaroylar hamda tillarda doston bo‘lgan gumbazlar tevaragidan o‘tib, masofaning o‘zgacha yoqimli tungi charag‘on muhitini hosil qiladi.

Ishtirokchilar ixtiyorida quyidagi poyga shakllari mavjud bo‘ladi: 5 va 10 km.lik masofalar, Shimoliy (skandinavcha) yurish, 4 va undan katta yoshdagi bolalar uchun kichkintoylar poygasi.

Tadbir O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan “Samarkand Marathon” xayriya yugurish musobaqalari turkumiga mansubdir.

“BUKHARA NIGHT RACE”ga O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ko‘magida asos solinib, u tomonidan 2019-yildan buyon mamlakatning eng peshqadam sport tadbiriga aylangan “Samarkand Marathon” xayriya poygasini tashkil etilib kelinmoqda. Marafon shu singari madaniyat va sport shodiyonasini o‘tkazishda yangi tendensiya namunasini ko‘rsatib, butun dunyodan kelgan minglab ishtirokchilarni xayriya maqsadlari atrofida birlashtiradi.  

Shveysariyalik DJ Mehmet Aslan “Bukhara Night Race” madaniy dasturining mezbon boshlovchisi bo‘ladi.

Buxoro, Zomin, Bo‘stonliq tumani va Samarqand shahridagi turkum poygalarning amalga oshirilishi “Samarkand Marathon”ning 2023-yilgi bolalar sport maydonchalarini barpo etish xayriya maqsadlarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan.

Bosh hamkorlar: Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi

Rasmiy hamkorlar: Korzinka, InfinBank, ASU

Texnik hamkorlar: Beeline O‘zbekistan, SamAuto, O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati, Amudario, Silk Avia

Media hamkorlar: Afisha.uz, MTRK, WeProject.media