Mashhur rejissyor Karen Shaxnazarov ishtirokidagi bu kecha tomoshabinlar uchun unutilmas bo‘ldi — uning ovozida jonlangan kino xotiralari zalni to‘ldirdi. Rossiya xalq artisti, bir qator davlat mukofotlari sovrindori va ko‘p yillar davomida “Mosfilm”ni boshqargan mahoratli rejissyor san’at, ilhom va zamon sinovlari haqida o‘z fikrlarini samimiyat bilan bo‘lishdi.
Samimiy suhbat va iliq muhit tomoshabinlarni ekran ortida turgan mutaxassis nigohi bilan kashf etiladigan kino olamiga yetakladi. Bu kecha oddiy bir uchrashuv emas, balki san’atni sevgan va o‘z filmini yaratishni orzu qiladigan qalblarga yangi ilhom bag‘ishlagan bayramga aylandi.