2024-yilgi “Samarkand Marathon” xayriya yugurish musobaqalari turkumi doirasidagi tadbirlarni e’lon qilamiz.

13–14-aprel – “Sky Camp Bo‘stonliq”
2-iyun – “ZAAMIN ULTRA”
24-avgust – “Bukhara Night Race”
sentabr – “Kokand Half Marathon”
3-noyabr – “Samarkand Marathon”

“Samarkand Marathon” turkumiga mansub poygalar mamlakatimizdagi eng peshqadam sport voqeasi hisoblanib, u butun dunyodan xayriya maqsadlari uchun shijoatli minglab ishtirokchilarni birlashtiradi.

Har bir tadbir keng qamrovli madaniy dastur bilan hamohamg o‘tadi. Poyga mehmonlari va qatnashchilari uchun taniqli san’atkor va sozandalarning konsertlari tashkil etiladi.

Tadbirlarga ro‘yxatdan o‘tishning boshlanishi haqida qo‘shimcha xabar beramiz. Yangiliklarimizni kuzatib boring.

Tashkilotchi: O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi