Ilk bor ko‘rgazma 2023-yilning aprel oyida Milan Triennalesi makonida taqdim etilgan edi. Jamoatchilikka Armin Linke tasvirga tushirgan fotosuratlar va modernistik yodgorliklarga oid tadqiqot talqinlari va ularni muhofaza qilish strategiyalarini kashf etuvchi arxiv hujjatlari taqdim etilgan edi.

Toshkentdagi “Tashkent Modernism.Index” taqdimoti O‘zbekiston Davlat san’at muzeyidagi sara to‘plamlardan iborat 1960–80-yillardagi qo‘shimcha arxiv hujjatlari va san’at asarlari bilan to‘ldirilib, tashrif buyuruvchilarga mazkur davr madaniyati va me’morchiligiga beixtiyor sho‘ng‘ish imkonini beradi.

Taqdimot 17-oktabr kuni O‘zbekiston Davlat san’at muzeyida bo‘lib o‘tadi. Tadbir soat 17:00 da boshlanadi.

Ko‘rgazma O‘zbekiston Davlat san’at muzeyida 2023-yil 20–31-oktabr kunlari soat 10:00 dan 19:00 gacha muxlislar uchun muntazir.
 
Kirish bepul.

Manzil: Toshkent shahri Amir Temur shohko‘chasi 16-uy