Bugun 4-avgust kuni biz O‘zbekiston madaniy merosi va san’atining timsoliga aylangan Igor Vitalyevich Savitskiy tavalludining 110 yilligini nishonlamoqdamiz!
San’at asarlari shinavandasi, izlanuvchi, musavvir, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat san’at muzeyi asoschisi sifatida u o‘z hayotini mintaqa rassomlarining betakror ashyo va buyumlari hamda xalq ijodi namunalarini asrab-avaylashga bag‘ishlagan.
Uning mehnati va san’atga bo‘lgan murosasiz sadoqati sharofati bilan bugungi kunda biz butun dunyo tadqiqotchilari, rassomlari va madaniyat ixlosmandlarini ilhomlantirishda davom etayotgan zalvarli sara to‘plamlardan bahramand bo‘lish imkoniyatiga egamiz.